Isroil garovdagilarni ozod qilish uchun katta mukofot puli taklif etdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azoga safari chog‘ida HАMAS qo‘lida bo‘lgan garovdagilarni ozod qilishga yordam bergan har bir odamga $5 mln mukofot to‘lanishini e’lon qildi. Bu haqda Tass axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Netanyaxu o‘z nutqida Hamas tuzilmalarini yo‘q qilishga qat’iy qaror qilganini ta’kidladi.
«G‘azoda Hamasga joy yo‘q. Garovdagilarga zarar yetkazgan har bir kishi jazoga tortiladi. Biz ularning barchasini ozod qilamiz», – dedi Netanyaxu.
Shuningdek, bosh vazir garovdagilarni qutqarishda ishtirok etganlar va ularning oilalari uchun xavfsiz chiqish kafolatini ham ta’minlashini ma’lum qildi. Bu qaror Garovdagilarni qutqarish va harakatga qarshi kurash choralari doirasida qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Isroil bilan aloqalarini butunlay uzgani haqida yozgan edik.