Aksariyat iste’molchilar kelgusi 12 oyda xarajatlarning oshishini kutmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qildi
Foto: 1000Words / Depositphotos.com

2024-yilning III choragida aholining daromadlari boʻyicha kutilmalar ijobiy ravishda oʻsdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilindi.

Mazkur davrda daromad subindeksi 0,4 bandga oshib, 70,7 bandni tashkil qildi. Kelgusi 12 oyda daromadlari oshishini kutayotganlarning ulushi 64 foizga yetdi. Daromadlari kamayishini kutayotganlarning ulushi esa 10,5 foiz boʻldi. Bu oʻzgarishlar iqtisodiy oʻsish va iste’mol talabining barqaror boʻlishi kutilayotganini koʻrsatadi.

Shuningdek, xarajatlar subindeksi 0,2 bandga pasayib, 77,5 bandni tashkil etdi. Iste’molchilar kelgusi 12 oyda xarajatlarning oshishini kutmoqda (76,2%). Xarajatlar yoʻnalishlari orasida uy-joy ta’miri, ta’lim, avtomobil sotib olish va sogʻliqni tiklash kabi yoʻnalishlar koʻzga tashlanmoqda.

Manba: Markaziy bank

Kredit subindeksi oʻzgarishda davom etdi va 2,4 bandga pasayib, 65,6 bandni tashkil etdi. Kredit olishga boʻlgan talabning sekinlashishi iqtisodiyotda ehtiyotkorlikni koʻrsatmoqda. Lekin kredit oluvchi rasmiy daromadga ega boʻlganlarning ulushi yuqori boʻlib qolmoqda.

Aholining jamgʻarmalariga boʻlgan moyilligi oshdi va 61 foizi rasmiy jamgʻarmalarining oshishini kutmoqda. Bu moliyaviy barqarorlikni saqlashga intilishning koʻrsatkichi sifatida tahlil qilinmoqda.

Aksariyat respondentlar kelgusi 12 oyda iqtisodiy oʻsishni kutayotgan boʻlsa, 65 foiz respondentlar 3 yil ichida iqtisodiyotning yanada rivojlanishini kutmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning III choragida respublika boʻyicha biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni davom ettirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek