Jaguar transmilliy avtomobil konserni an’anaviy yaguar logotipidan voz kechib, o‘z dizaynini tubdan o‘zgartirdi. Bu haqdagi e’lon brendning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, endi logotipda yaguar o‘rniga uch o‘lchamli J va R harflari aks etadi.
Kompaniya asoschisi ser Uilyam Lyons Jaguar’ni hech narsaning nusxasi bo‘lmasligini aytdi.
«Bugungi kunda Jaguar brendi uchun bizning qarashimiz aynan shu falsafadan ilhomlangan. Yangi Jaguar – bu «Exuberant Modernism» (Jo‘shqin Modernizm) atrofida shakllangan brenddir. U har bir nuqtasida tasavvurga boy, dadil va san’atkorona yondashuvni namoyish etadi. Jaguar o‘ziga xos va qo‘rqmas brenddir», – deydi asoschi.
Yangi Jaguar brendi kontseptsiyasining boshqa elementlari dekabr oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nissan N7 modeli namoyish etilgani haqida yozgan edik.