Kelgusi besh yilda aholimiz soni 40 milliondan oshishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Muhim sohalarda ehtiyoj ham ortib boradi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida bugungi murakkab global sharoitda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish, iqtisodiyotda izchil o‘sishni ta’minlash oson bo‘lmaganini aytdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kelgusi besh yil ichida O‘zbekiston aholisi soni 40 mln.dan oshishi kutilmoqda. Bu katta imkoniyatlar eshigini ochsa-da, yangi va murakkab vazifalarni ham kun tartibiga olib chiqadi.

Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, ekologiya, energetika, transport, ichimlik suvi ta’minoti, uy-joy qurilishi kabi sohalarda ehtiyojlar ham ortib bormoqda.

Ushbu dolzarb muammolarni hal etish hukumat oldidagi asosiy sinov bo‘lib, bosh vazirlikka nomzod ko‘rsatilgan shaxs bu masalalarning barchasi bo‘yicha o‘z dasturini taqdim etishi talab qilinmoqda.

Prezident ijtimoiy sohadagi muhim o‘zgarishlarni alohida ta’kidladi. So‘nggi yillarda 25 mingdan ortiq xususiy bog‘cha va 70 ga yaqin nodavlat oliygohi tashkil etilib, maktabgacha ta’lim qamrovi 74 foizdan, oliy ta’lim esa 39 foizdan oshdi.

Barcha hududlarda «Inson markazlari» faoliyati yo‘lga qo‘yilib, aholiga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar mahallalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi ekanligi haqida yozgan edik.

Shuningdek