O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi
O‘zbekiston va Rossiyaning transport sohasidagi vakillari Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda temir yo‘l loyihalarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Transport vaziri Ilhom Mahkamov va Rossiya Transport vaziri Roman Starovoyt ishtirok etdilar. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Hujjatga muvofiq ikki mamlakat Kaspiy dengizi orqali o‘tuvchi yangi yo‘nalishlardan birgalikda foydalanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yil boshidan Toshkent – Moskva yo‘nalishida qatnovchi yo‘lovchi poyezd haftasiga ikki marta harakatlanishni boshlashi haqida xabar bergan edi.