Kino va seriallar

O‘zbekistonda «Fransiya premyeralari festivali» bo‘lib o‘tadi

21 – 24-noyabr kunlari
Foto: oksanello / www.depositphotos.com

Joriy yilning 21 – 24-noyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida «Fransiya premyeralari festivali» doirasida bir nechta fransuz filmlari namoyish etiladi. Bu haqda Kinemotagrafiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Namoyishlar jadvali:

  • 21-noyabr, 19:30«Niki» filmi
  • 22-noyabr, 19:30«Samuray» filmi
  • 23-noyabr, 16:00«Yangi yil hayvonlari haqida hikoyalar» filmi
  • 23-noyabr, 18:00«Qora choy» filmi

Tadbir Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Ipak yo‘li» xalqaro kinofestivalida «O‘zbek kinosi kunlari» bo‘lib o‘tgani haqida yozgan edi.