Yangiliklar

O‘zbekistonliklar Qozogʻiston va Tojikistonga ID-karta bilan borishi mumkin boʻladi

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida Qozog‘iston va Tojikistonga ID-karta orqali sayohat qilishga kelishib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Hozirgi vaqtda fuqarolarimiz Qirgʻizistonga ID-karta bilan bemalol borib-kelmoqdalar. Endi shunday tartibni Qozogʻiston va Tojikiston bilan ham joriy etish rejalashtirilgan» , – deb ta’kidladi davlat rahbari.

Shu maqsadda prezident Tashqi siyosat konsepsiyasini yangilash zarurligini aytib o‘tdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev hukumatning kelgusi besh yillik faoliyati uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilagani haqida yozgan edi.