Prezident 2025-yilni «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» deb e’lon qilishni taklif еtdi

eʼlon qilindi
Majlisda bu tashabbus to‘liq qo‘llab-quvvatlandi
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» deb e’lon qilishni taklif etdi. Majlisda bu tashabbus toʻliq qoʻllab-quvvatlandi.

Mirziyoyev oʻz nutqida iqlim oʻzgarishlari va atrof-muhit muammolari global miqyosda oʻsib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u Oʻzbekistonning «Yashil makon» loyihasi va Markaziy Osiyo atrof-muhit strategiyasiga qoʻshilganligini eslatib oʻtdi.

Bundan tashqari, hukumat «yashil» texnologiyalarni rivojlantirish, suvni tejash, koʻkalamzor hududlarni kengaytirish va chiqindilarni boshqarish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratishi zarurligini qayd etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bosh vazirlik lavozimiga Abdulla Aripov nomzodi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek