Yangiliklar

Toshkent xalqaro aeroportida yangi xizmatlar uchun joylar ijaraga taklif etilmoqda

E-auksion platformasi orqali
Foto: Uzbekistan Airports / matbuot xizmati

Uzbekistan Airports kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportida dam olish kapsulalari, bank-maslahat xizmatlari va xalqaro SIM-kartalar sotish shoxobchalari uchun joylarni ijaraga taklif qilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

E-auksion platformasida joylashtirilgan lotlarning boshlang‘ich narxlari belgilandi:

  • Dam olish kapsulalari uchun (6 kv.m): yiliga 72 mln so‘m.
  • Bank-maslahat xizmatlari uchun (10 kv.m): yiliga 180 mln so‘m.
  • Xalqaro SIM-kartalar sotish punkti uchun (3 kv.m): yiliga 360 mln so‘m.

Shuningdek, yangi yuk terminalida aviakompaniyalar va deklarant xizmatlari uchun ofis joylari ijaraga taklif etilmoqda. Har 1 kv.m uchun boshlang‘ich baho yiliga 800 ming so‘mni tashkil etadi.

Auskionda ishtirok etish uchun savdo maydonchasi saytidan ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Arizalar joriy yilning 2-dekabriga qadar qabul qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda pullik avtoturargohlarni tashkil etish bo‘yicha auksion o‘tkazilishi haqida yozgan edi.