Turkmanistonda «Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasi ochildi
Bugun, 20-noyabr kuni Turkmanobod shahrida ikkinchi Turkmaniston – O‘zbekiston forumida «Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasi rasmiy ravishda ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rinbosari Dilshod Rasulov, Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi raisi Mergen Gurdov, shuningdek, ikki mamlakatning vazirlik va idora rahbarlari, ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.
Ko‘rgazma qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm, avtomobilsozlik, kimyo, farmatsevtika, neft-gaz, to‘qimachilik, ipakchilik, charm-poyabzal va oziq-ovqat sanoati kabi sohalarni qamrab olgan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Turkmaniston yuk tashuvchilar uchun teng toʻlovlarni joriy qilgani haqida yozgan edi.