Ulugʻbek Lapasov Oʻzbekistonning Kubadagi elchisi etib tayinlandi
eʼlon qilindi
Bu haqda Kuba TIV matbuot xizmati xabar berdi
19-noyabr, seshanba kuni Kuba Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Jozefina Vidal Ferreyro TIV binosida Ulugʻbek Lapasovni qabul qildi. Bu haqda Kuba TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Lapasov Oʻzbekistonning Kubadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlanganini tasdiqlovchi ishonch yorliqlarini topshirdi.
Avvalroq «Kursiv» Oybek Usmonov Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi elchisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.