Volkswagen Germaniyada xarajatlarni 17 mlrd yevroga qisqartirishni rejalashtirgani sababli ishchilar va kompaniya o‘rtasida keskin mojarolar kelib chiqmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, IG Metall kasaba uyushmasi kompaniyaning zavodlarni yopish rejalariga qarshi turib, norozilik namoyishlarini boshlash bilan ogohlantirmoqda.
Kasaba uyushmasi rahbari Torsten Gregerning so‘zlariga ko‘ra, zavodlarni yopish rejalari amalga oshsa, Volkswagen Germaniyada 87 yillik tarixida ilk bor ishchilar bilan «so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik mojaroga» duch keladi. Agar kelishuvga erishilmasa, 1-dekabrdan boshlab Volkswagenning aksariyat zavodlarida ish tashlashlar boshlanishi mumkin.
Volkswagen xarajatlarni qisqartirish zaruriyatini bo‘lajak rivojlanishga moslashish deb izohladi va 10% ish haqi qisqartirilishi hamda zavodlarni yopish ehtimolini istisno qilmadi. Kompaniya va kasaba uyushmalari o‘rtasidagi muzokaralar hozircha davom etmoqda.
Bu mojarolar Germaniya avtomobil sanoati tarixida o‘ziga xos voqea bo‘lib qolishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Volkswagen ID. 4 Crozz 2025 haqida yozgan edik.