Xitoyning yirik elektron tijorat kompaniyasi Alibaba ikki xil valyutada korporativ obligatsiyalar chiqarib, $5 mlrd mablagʻ jalb qildi. Bu haqda South China Morning Post portali xabar berdi.
Qimmatli qog‘ozlar AQSh dollarida ($2,65 mlrd) va Xitoy yuanida ($2,35 mlrd) muomalaga chiqarilgan. Ushbu tashabbus Gonkongning xalqaro moliyaviy markaz sifatidagi mavqeyini mustahkamlashga qaratilgan.
Kompaniya jalb qilingan mablagʻlarni aksiyalarni sotib olish va qarzdorlikni toʻlashga yoʻnaltirishni rejalashtirmoqda. Portal ma’lumotiga koʻra, bu yilgi korporativ obligatsiyalar boʻyicha eng yirik emissiya Osiyo-Tinch okeani mintaqasida amalga oshirildi.
Alibaba Group – Xitoy kompaniyasi bo‘lib, AliExpress, Alibaba.com, Taobao.com portallariga egalik qiladi. Uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari chakana onlayn savdo va kompaniyalar o‘rtasidagi operatsiyalar hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2023-yil sentabr oyida Alibaba Group bosh direktori Deniyel Chjan ketishi munosabati bilan kompaniya aksiyalari keskin tushgani haqida yozgan edi.