21-noyabr, payshanba kuni bitkoin yana bir tarixiy rekordni yangiladi. Kriptovalyuta narxi $95 mingdan oshdi. Bu haqda CoinDesk xabar berdi.
Bitkoinning eng yuqori narxi $95 mingga yetgan. Toshkent vaqti bilan soat 7:05 da uning qiymati $94 669 ga teng bo‘ldi.
Ommaviy axborot vositalari bitkoin AQShning yangi prezidenti Donald Trampning kriptovalyuta bozorini tartibga solishni soddalashtirish haqidagi va’dalari fonida o‘sib borayotganini ta’kidladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan bitkoin narxi $94 mingdan oshgani haqida yozgan edi.