Farg‘ona xalqaro aeroportida vaqtinchalik cheklovlar joriy qilindi
eʼlon qilindi
Reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirilmoqda

Farg‘ona xalqaro aeroportida mahalliy vaqt bilan soat 17:02 dan boshlab ob-havo yomonlashgani sababli havo kemalarini qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu davrda barcha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirilmoqda.
Xususan, «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining Novosibirsk – Farg‘ona yo‘nalishidagi HY-670 reysi Namangan aeroportiga yo‘naltirildi. Havo sharoiti yaxshilangach odatiy reyslar tiklanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida yangi xizmatlar uchun joylar ijaraga taklif etilayotgani haqida yozgan edik.