Prezidentning 2024-yil 26-sentabrdagi qaroriga asosan, issiqxona xo‘jaliklari tabiiy gazdan cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin. Energetika vazirligi cheklovlar joriy etilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, tabiiy gaz yetkazib berish to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish sharti bilan davom ettiriladi.
Hosil yilining dastlabki uch oyida (oktabr – dekabr) tabiiy gaz uchun 50% oldindan to‘lov talab etiladi, qolgan qismi oy yakuniga qadar to‘lanadi. Keyingi oylardan boshlab esa har oy 100% oldindan to‘lov amalga oshirilishi zarur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq quyosh panellari boʻyicha murojaatlarni qabul qilish uchun telefon raqamlari soni koʻpaytirilgan edi.