Nurafshonda malaka oshirish instituti qurilishi boshlandi
eʼlon qilindi
Qurilish qiymati 50,7 mlrd so‘m
Nurafshon shahrida maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlari uchun malaka oshirish instituti qurilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’lim maskani Nurafshon business city hududida 8 gektar yer maydonida qurilmoqda. Shuningdek, «A», «B», «V» bloklardan iborat majmuada maʼmuriy hamda 650 oʻrinli oʻquv binolari, 200 oʻrinli yotoqxona, 100 oʻrinli oshxona, dam olish hududlaridan iborat boʻladi.
Qurilish qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 50,7 milliard soʻm etib belgilangan. Mazkur maskan 2025-yilning sentabr oyida foydalanishga topshirilishi reja qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqand yaqinida $100 millionlik turistik majmua qurilishi rejalashtirgani haqida xabar bergan edi.