Manbalar

Oʻzbekiston oltin eksportini 3,5 foizga qisqartirdi

$6,6 milliardlik oltin eksport qilgan
Foto: Strelok / Depositphotos

O‘zbekiston 2024-yil yanvar – oktabr oylari davomida $6,6 milliardlik oltin eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning xuddi shu davriga nisbatan 3,5 foizga kamaygan.

21-noyabr holatiga ko‘ra, oltinning qiymati bir troya unsiya uchun $2,655 ni tashkil etdi. Yil boshidan beri qimmatbaho metallning narxi deyarli 29 foizga o‘sdi, besh yil ichida esa 80,45 foizga o‘sishga erishdi.

Qimmatbaho metallning narxi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy nizoning kuchayishi sababli oshdi. Bu haftaning boshida Rossiya Mudofaa vazirligi AQShning ATACMS raketalari RF hududida ilk bor qo‘llanilganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan kelasi yil oxiriga kelib oltin narxi $2,9 mingga yetishi haqida xabar bergan edi.