Yangiliklar

O‘zbekiston elchisi Tolibonga ishonch yorliqlarini topshirdi

U ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini ta'kidladi
Foto: Sputnik

O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Oybek Usmonov Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdul Qahor Balxiyga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar berdi Sputnik.

Usmonov ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Tolibon harakati Abdul Gʻaffor Taraviyni Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlagan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Tolibon o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingani haqida yozgan edi.