Yangiliklar

Oʻzbekistonda Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlandi

Konstitusiyaning 109-moddasiga muvofiq
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Hukumat a’zolari ro‘yxati:

Ochilboy Ramatov — bosh vazir o‘rinbosari;

Jamshid Qo‘chqorov — bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri;

Jamshid Xo‘jayev — bosh vazir o‘rinbosari;

Zulayxo Mahkamova — bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

Laziz Qudratov — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri;

Botir Zohidov — kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri;

Ibrohim Abdurahmonov — qishloq xo‘jaligi vaziri;

Shavkat Hamroyev — suv xo‘jaligi vaziri;

Sherzod Hidoyatov — qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri;

Ilhom Mahkamov — transport vaziri;

Jo‘rabek Mirzamahmudov — energetika vaziri;

Bobir Islamov — tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri;

Sherzod Shermatov — raqamli texnologiyalar vaziri;

Aziz Abduhakimov — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri;

Asilbek Xudoyorov — sog‘liqni saqlash vaziri;

Hilola Umarova — maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri;

Qo‘ng‘irotboy Sharipov — oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri;

Adham Ikromov — sport vaziri;

Ozodbek Nazarbekov — madaniyat vaziri;

Akbar Toshqulov — adliya vaziri;

Baxtiyor Saidov — tashqi ishlar vaziri;

Abdulla Qo‘ldoshev — favqulodda  vaziyatlar  vaziri;

Po‘lat Bobojonov — ichki ishlar vaziri;

Bahodir Qurbonov — mudofaa vaziri etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Aripovni bosh vazir lavozimiga tasdiqlagani haqida xabar bergan edi.