O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari qaysi davlatlar
O‘zbekistonning 2022 – 2024-yillardagi yirik savdo hamkorlari bilan tashqi savdo aylanmasi o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori bo‘lib, umumiy savdo hajmi 2024-yilda $10,2 mlrd.ga yetgan. Shu bilan birga, eksport hajmi kamayib, $1,7 mlrd.ni tashkil qilgan, import esa $8,5 mlrd ko‘rsatkich bilan sezilarli darajada oshgan.
Rossiya bilan savdo aylanmasi $9,9 mlrd.ga yetib, eksport va importda barqaror o‘sish kuzatilgan.
Qozog‘iston, Turkiya va Koreya Respublikasi bilan savdo hajmi ham ortgan. Bunda Turkiya bilan eksportning yuqori ko‘rsatkichlari ijobiy holatni namoyon qilmoqda. Germaniya, Hindiston va boshqa davlatlar bilan ham savdo ko‘rsatkichlari o‘sishda davom etmoqda.
Koreya Respublikasi bilan savdo hajmi 2024-yilda $3,6 mlrd.ni tashkil etgan. Eksport $1,8 mlrd, import esa $1,7 mlrd ko‘rsatkichda bo‘lgan.
Shuningdek, Germaniya, Fransiya, Hindiston va Afg‘oniston kabi davlatlar bilan savdo hajmi ham o‘sishda davom etgan. Ayniqsa, Germaniya bilan savdo 2024-yilda $969 mln, Hindiston bilan esa $770 mln.ni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston korxonalari konditsioner eksportidan $10 milliondan ortiq daromad olingani haqida yozgan edik.