Umra ziyoratini tashkil qilishga ruxsat olgan turfirmalar ro‘yxati e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Ro‘yxatdan 12 ta turfirma joy oldi
Foto: Wikiway.com

Din ishlari boʻyicha qoʻmita Umra tadbirlarini tashkil etish huquqiga ega boʻlgan 12 ta turfirma roʻyxatini maʼlum qildi.

Litsenziya Tanlov komissiyasi qarori asosida berilgan boʻlib, ruxsat olgan firmalar quyidagilar:

  • Ihlos travel 1
  • Yuksak travel Air
  • Muhtasham travel
  • Musaffo turizm xizmati
  • Risola travel lux
  • Xorazm umra jamiyati
  • Hikmat Umra Travel
  • Real Dreams
  • Travel with family
  • Sofa Marva tour
  • B2 Management
  • Safar time exclusive

Qoʻmita litsenziyada belgilanmagan manzil yoki shartlar asosida faoliyat yuritish taqiqlanganligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, Umra tadbirlarini noqonuniy tashkil etish huquqbuzarliklari uchun yuridik shaxslarga 75 million soʻmgacha jarima belgilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Umra faoliyati bilan shug‘ullanishga yangi talablar qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek