Yangiliklar

Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxu va Gallantni hibsga olish uchun order berdi

Ular G‘azo sektoridagi jinoyatlarda gumon qilinmoqda
Foto: Xalqaro jinoyat sudi

Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olishga order berdi, deyiladi sud bayonotida.

“Benyamin Netanyaxu va Yoav Gallantni kamida 2023-yil 8-oktabrdan 2024-yil 20-maygacha sodir etgan harbiy jinoyatlar uchun hibsga olish uchun order berildi», – deyiladi Xalqaro jinoyat sudi bayonotida.

Shuningdek, sud Isroilning order berish vakolatiga ega emasligi haqidagi dalillarini ham rad etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2023-yilning 7-oktabridan 2024-yilning 7-oktabrigacha G‘azo sektorida 40 mingdan ortiq falastinliklar halok bo‘lgani haqida yozgan edi.