Yangiliklar

O‘zbekistonda xizmatlar sohasi hajmi 13 foizga oshdi

651,2 trln so‘m ko‘rsatkich bilan
Foto: Pexels.com

2024-yilning yanvar – oktabr oylarida xizmatlar sohasi hajmi 651,2 trln so‘mni tashkil etdi va o‘sish sur’ati 13,1 foizni ko‘rsatdi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, moliyaviy xizmatlar eng katta ulushga ega bo‘lib, hajmi 110,3 trln so‘m bilan 20,2 foiz o‘sishni qayd etdi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 44,8 trln so‘mni tashkil qilib, 25,2 foizlik eng yuqori o‘sish sur’atiga erishdi.

Transport xizmatlari (94,5 trln so‘m) va savdo xizmatlari (72,7 trln so‘m) sohaning boshqa muhim yo‘nalishlari bo‘lib, mos ravishda 11,8 foiz va 12,2 foiz o‘sishni qayd etdi.

Shuningdek, yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 26,6 trln so‘mni tashkil qilib, 10,8 foizga o‘sdi. Ta’lim sohasi xizmatlari 12,4 trln so‘mni tashkil etib, 17,3 foizga o‘sdi. Sog‘liqni saqlash xizmatlari esa 18,5 trln so‘m bilan 11,4 foizga o‘sish kuzatilgan.

Shu bilan birga, ijara va uy-joy xizmatlari 9,6 trln so‘mni tashkil etdi (11,7 foiz o‘sish), shaxsiy xizmatlar 6,5 trln so‘m (9,8 foiz o‘sish), boshqa xizmatlar esa 27,5 trln so‘m hajmda qayd etilib, 10,5 foizga o‘sishga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda chakana savdo tovar aylanmasi 2,2 foizga o‘sgani haqida yozgan edik.