O‘zbekistonda Yangi yil ta’tilida qaysi sohalarda qo‘shimcha ish topish mumkin

21-noyabr 2024 10:44 eʼlon qilindi

(21-noyabr 2024 13:25 yangilandi)
Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Yelena Kim

Yelena Kim

Yangiliklar muharriri e.kim@kursiv.media
Foto: Pexels.com

Yangi yil oldidan O‘zbekistonda vaqtinchalik xodimlarga talab oshishi kutilmoqda. HeadHunter (HH) platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda qisman bandlik uchun taxminan mingta bo‘sh ish o‘rni mavjud.

Eng katta talab logistika va yetkazib berish sohasidagi kuryerlar, haydovchilar, buyurtma yig‘uvchi kabi xodimlarga bo‘lmoqda. Savdo sohasida esa kassirlar va savdo maslahatchilar qidirilmoqda. Restoran va kafelarda esa korporativlar va bayram tadbirlariga bo‘lgan yuqori talab tufayli oshpaz, ofitsiant hamda baristalarga bo‘lgan ehtiyoj oshadi.

Shuningdek, do‘kon va supermarketlar vitrinalarni bezatish va tovarlarni joylashtirish uchun merchandayzerlarni yollashmoqda, onlayn savdo kompaniyalari esa mijozlarning so‘rovlariga tezkor javob berish uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini kuchaytirmoqda.

Noan’anaviy ish takliflari orasida animatorlar, sovg‘a qadoqlovchilar, Qorbobo yordamchilari va «maxfiy xaridorlar» kabi vakansiyalar ham uchramoqda.

Ish haqi miqdori soha va ish hajmiga bog‘liq. Minimal maosh 1 mln so‘mdan boshlansa, eng daromadi ko‘pi 18 mln so‘mgacha yetishi mumkin. Ayniqsa, logistika sohasida, xususan, kuryerlar va haydovchilar orasida intensiv bandlik va tezkor yetkazib berish uchun bonuslar hisobiga daromad yuqoriroq bo‘lishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda pensiya va ish haqi qanchaga ko‘tarilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek