2025-yilda rivojlangan iqtisodiy mamlakatlarda 200 mingdan ortiq o‘zbekistonlik fuqarolarni ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Buyuk Britaniya, Kanada, BAA, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi jami 21 davlatda mehnat faoliyatini boshlashi mumkin. Hukumat kelajakda fuqarolarni chet elda ishlash uchun tayyorlash maqsadida maxsus o‘quv dasturlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan noqonuniy migratsiya masalasini muhokama qilgan edi.