22-noyabr kuni O‘zbekistonda quruq ob-havo bo‘ladi
eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi

Bugun, 22-noyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab quruq ob-havo bo‘ladi. Ba’zi hududlarda tuman tushishi mumkin. O‘rtacha havo harorati 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi. Ertalab tuman tushadi. Kunduzi havo 13-15 daraja iliq, kechasi esa 4-6 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham tuman tushadi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tepaliklarda qor yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi havo 5-10 daraja iliq, kechga kelib 2 daraja sovuq bo‘ladi.