Coindesk platformasi maʼlumotlariga koʻra, 22-noyabr kuni Bitkoin narxi Toshkent vaqti bilan soat 8:17 da tarixiy maksimal darajadan oʻtib, $99,3 mingdan oshdi.
Soat 10:06 da esa Bitkoinning narxi $98,8 mingni tashkil etdi. Kripto aktivning bozor kapitallashuvi $1,9 trln.dan oshdi.
Bitkoinning eng past savdo narxi $95,6 ming qiymatni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘tgan payshanba, 21-noyabr kuni bitkoin narxi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.