Narxi $13,5 minglik Changan CS55 krossoveri jahon bozorida mashhurlikka erishdi. Bu haqda ithome xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur krossoverining savdosi 1 million donadan oshgan. Avtomobil nafaqat Xitoyda, balki xalqaro bozorlarda ham sotildi. Masalan, Rossiyada Changan CS55 Plus va CS35 Plus brendining eng mashhur avtomobillari qatoriga kiradi.
Hozirgi kunda Xitoyda Changan CS55 Plus’ning uchinchi avlodi sotuvi mavjud bo‘lib, avtomobil 188 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbomotor va 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Avtomobilning boshlang‘ich narxi $13,5 mingni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Kia kompaniyasi EV9 GT 2026 avtomobilini taqdim qilgani haqida xabar bergan edi.