Joriy yilning 22-noyabr kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va GX-MIDNIGHT AT avtomobillari uchun kontraktatsiya boshlandi.
Unga ko‘ra, savdo.uzavtosanoat.uz platformasi orqali shartnomalarni rasmiylashtirish mumkin. Shuningdek, shartnoma to‘lovi yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi orqali navbatni kuzatish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt mexanik uzatmali modeli sotuvdan olinmagani haqida xabar bergan edi.