Yangiliklar

Jizzaxda agrofirma 3,7 milliard so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irladi

Shartnoma rasmiylashtirilmasdan tarmoqqa ulangan
Foto: O‘zenergoinspeksiya

#Tezkor_tadbir

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida joylashgan «J.D.S.Y.» fermer xo‘jaligi tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» ma’lum qildi.

Unga ko‘ra 100 kVAli transformator shartnoma rasmiylashtirilmasdan tarmoqqa ulanib, 3,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur qoidabuzarlik bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berishda cheklov yo‘qligi haqida yozgan edik.