Avto

Kia kompaniyasi EV9 GT 2026 avtomobilini taqdim qildi

Avtomobil 508 ot kuchiga ega
Foto: Kia

Kia kompaniyasi Kia EV9 yo‘ltanlamas avtomobilining GT-versiyasini rasman taqdim qildi.

Mashina kuchaytirilgan elektr uzatmasiga ega bo‘lib, u ikki elektromotordan iborat va 508 ot kuchini taqdim etadi.

Foto: Kia

Yo‘ltanlamas 96,5 km/soat tezlikka 4,3 soniyada yetadi, bu esa Kia EV9 GT-Line AWD’ga nisbatan 0,7 soniyaga tezroq.

Shuningdek, avtomobil Continental shinalari bilan jihozlangan 21 dyuymli g‘ildiraklar mavjud bo‘lib, orqa avtomatik bloklanadigan differensial tizimga ega. Ya’ni EV9 GT nafaqat to‘g‘ri chiziqda, balki burilishlarda ham EV9 GT-Line AWD’ga nisbatan tezroq.

Foto: Kia

Kia EV9 GT’da Virtual Gear Shift texnologiyasi joriy qilingan. EV9 GT saloni yangi alkantara qoplamali sport o‘rindiqlari bilan jihozlangan.

Hozircha EV9 GT’ning narxi ma’lum qilinmadi, ammo u AQShda $75,4 mingga sotilayotgan EV9 GT-Line AWD’dan qimmatroq bo‘lishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi avlod Volkswagen Tiguan avtomobili taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.