Yangiliklar

«Milliy qahramon» va «Inson qadri uchun» mavzularida 32 ta spektakl yaratiladi

2025 – 2030-yillar davomida
Foto: President.com

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’atni rivojlantirish, xususan, teatrlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2025 – 2030-yillarda teatrlarda «Milliy qahramon» va «Inson qadri uchun» mavzularida 32 ta spektakl yaratish rejalashtirilmoqda.

Teatr dramaturglari va rejissyorlari uchun mukofotlar ta’sis etilishi, havaskor teatr jamoalari va milliy reyting tizimi joriy qilinishi ko‘zda tutilgan. Teatr binolari zamonaviylashtiriladi, san’at va madaniyat sohasida ishlayotgan xodimlarning ish haqi oshiriladi.

O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri xodimlari rag‘batlantirilib, yangi musiqiy asarlar yaratilishi va gastrol safarlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Madaniyat va san’at ta’limida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning ta’lim tizimlari o‘zaro muvofiqligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston filmi xalqaro kinofestivalda g‘olib deb topilgani haqida yozgan edik.