O‘zbekiston fond bozorining axborot infratuzilmasi Bloomberg axborot agentligi platformasi bilan integratsiya qilindi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) xabar berdi.
Butun dunyo boʻylab Bloomberg terminallari foydalanuvchilari endilikda «Toshkent» respublika fond birjasi (RFB) aksiyalari va obligatsiyalari kotirovkalari hamda boshqa muhim ma’lumotlarga ega boʻlishlari mumkin. Investorlar mazkur ma’lumotlarni real vaqt rejimida olishadi.
Axborot almashish tizimi uni bozor ma’lumotlarining yangi bloklari bilan to‘ldirish imkonini beradi. ILMA infratuzilma integratsiyasini shaffof va global kapital bozorini yaratish bo‘yicha muhim qadam deb atadi.
Regulyatorning fikricha, Bloomberg bilan hamkorlik O‘zbekiston fond bozoriga ishonchni oshirishga va ko‘proq xorijiy investorlarni jalb qilishga yordam beradi. Savdo maydonchasining yangilangan IT infratuzilmasi xalqaro standartlarga javob beradi va keyingi innovatsiyalar uchun ochiq.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 26-noyabr kuni O‘zRTXB aksiyalari savdosi qachon tiklanishi haqida yozgan edi.