Oppo MediaTek protsessoriga ega Find X8 va Find X8 Pro smartfonlarini global bozorga namoyish etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, Smartfonlar AMOLED FHD+ ekran bilan jihozlangan bo‘lib, 120 Gts yangilanish chastotasiga ega va Splash Touch texnologiyasi tufayli nam qo‘llar bilan foydalanish imkonini beradi. Displey o‘lchami Find X8 uchun 6,59 dyuym, Find X8 Pro uchun esa 6,78 dyuymni tashkil etadi.
Smartfonlar Hasselblad ishlab chiqargan 50 MP kamera tizimiga ega bo‘lib, asosiy obyektiv, keng burchakli obyektiv va uch karra optik zumni o‘z ichiga oladi. Har bir obyektiv 4K formatda, 60 kadr/soniya tezlikda video yozadi.
Sun’iy intellekt yordamida tasvirlarni aniqlashtirish, fragmentlarni kattalashtirish, fotosuratlardan keraksiz obyektlarni o‘chirish, matnlarni tarjima qilish va tahrirlash funksiyalari mavjud. Baza modeli (12/256 GB) narxi $879 dan boshlanadi.