Yangiliklar

Poytaxtning ikki yirik ko‘chasi vaqtincha yopildi

10-dekabrga qadar
Foto: Pexels.com

Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarida harakat 22-noyabrdan 10-dekabrga qadar cheklanadi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarida 110 kV yuqori kuchlanishli yer osti elektr kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari olib borilayotgani sababli Furqat ko‘chasining Beshyog‘och maydonidan Seul ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi va Beshyog‘och ko‘chasining Furqat, Afrosiyob hamda Islom Karimov ko‘chalari oralig‘idagi qismida harakat to‘xtatiladi.

Foto: «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, avvalroq haydovchilar uchun «Avto24» mobil ilovasi ishga tushirilgani haqida yozgan edik.