Yangiliklar

Surxondaryo viloyatiga $2 milliardlik investitsiya yo‘naltiriladi

2025-yil davomida
Foto: Topstartour.com

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2024-yilda hududga $2 mlrd investitsiya jalb etish, 425 ming kishini ish bilan ta’minlash va eksport hajmini $320 mln.ga yetkazish rejalashtirilgan.

«Ayritom» savdo zonasi kengaytirilib, 250 million dollarlik yangi loyihalar amalga oshiriladi. Bobotog‘ konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya jalb etilib, yiliga 600 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Qishloq xo‘jaligida yaylov yerlari aholiga berilib, minglab ish o‘rinlari yaratiladi.

Turizmni rivojlantirish uchun Sangardak va Boysun hududlarida sharoitlar yaxshilanadi, kamida 1 million sayyoh jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Xorazmni rivojlantirish uchun $1,5 milliard investitsiya jalb etilishi haqida yozgan edik.