Toshkent metrosi uchun 20 dan ortiq poyezdlar sotib olinadi

eʼlon qilindi
Hozirgi kunda metroda 65 ta poyezd ishlatilmoqda
Foto: alexkoral / Depositphotos

2025-yil oxiriga qadar Toshkent metrosi uchun 26 ta zamonaviy poyezd sotib olish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikning qayd etishicha, bu harakatlanish oralig‘ini sezilarli darajada qisqartiradi va yo‘lovchilar uchun qulaylikni oshiradi.

So‘nggi yetti yil ichida poytaxt metropoliteni liniyalarining umumiy uzunligi 38 km dan 71 km gacha oshgan. 2017 – 2019-yillar davomida metroda 36 ta poyezd ishlatilgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 65 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy Osiyodagi birinchi metroning rivojlanish tarixi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek