Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni muhokama qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2025-yilda viloyatga $1,5 mlrd investitsiya jalb etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu ko‘plab ish o‘rinlari yaratish va farovonlikni oshirishga xizmat qiladi.
Qo‘shko‘pir sanoat zonasida $1 mlrdlik loyihalar, Shovot kanalida $30 mlnlik xizmatlar, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida esa baliqchilik va poliz mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish taklif qilindi.
Ijtimoiy sohada 44 ta maktab va bog‘chani ta’mirlash, yangi tibbiyot markazlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatiga $1,85 milliard investitsiya jalb qilinishi haqida yozgan edik.