Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab Cobalt avtomobili uchun yarim soat ichida, ya’ni 10:30 holatiga ko‘ra, savdo.uzavtosanoat.uz platformasida jami 6058 ta shartnomalar muvaffaqiyatli tuzilgan. Bu haqda UzAuto Motors matbuot xizmati ma’lum qildi.
UzAutoSavdo onlayn-savdo tizimi yetti mingga yaqin kiber hujumga uchragan. Ushbu vaqt oralig‘ida tizimda 279 mingdan ortiq faol seanslar va soniyasida 3,1 mingdan ortiq yangi seanslar qayd etildi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi sekundiga 6000 Mbit.dan oshdi.
Ushbu davr mobaynida kompaniyaning Call-markazi tomonidan 300 dan ziyod murojaatlar qabul qilinib, ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Cobalt avtomobili uchun shartnoma ochilgani haqida xabar bergan edi.