Zarafshon hokimiyati va China Manor Spring kompaniyasi shahar yoshlari uchun xitoy tilini bepul o‘rgatish bo‘yicha memorandum imzoladi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Loyiha 7-yoshdan 30-yoshgacha bo‘lgan zarafshonliklarni xitoy tiliga o‘qitishga qaratilgan. Memorandumni shahar hokimi Nazarbek Rahmonov va China Manor Spring kompaniyasi direktori Chjung Ping imzolagan.
Ma’lumot uchun, China Manor Spring Zarafshonda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, kompaniya foydali qazilmalar, jumladan, granit qazib olish bilan shug‘ullanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonliklarni xorijda ishlash uchun xorijiy tillarga o‘rgatish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.