Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda «Gazeta.uz» manbalarga tayanib, xabar bermoqda.
Azizov 2019-yildan buyon mazkur lavozimda ishlab kelayotgan edi. Bungacha esa u Mudofaa vaziri lavozimida ishlagan.
Nashr manbasiga ko‘ra, Bahodir Qurbonov O‘zbekiston DXXning yangi raisi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u 2019-yil 11-fevraldan beri O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.