Istanbulda kutilayotgan kuchli boʻron tufayli Turkish Airlines aviakompaniyasi 23-noyabr kuni rejalashtirilgan 38 ta parvozni bekor qildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Unga koʻra, bekor qilingan reyslar orasida 10 ta ichki reyslar boʻlsa, 28 tasi xalqaro reyslarga toʻgʻri keladi.
Aeroportning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini 10 foizga cheklash haqida qaror Favqulodda holatlar boʻyicha Meteorologiya qoʻmitasi (MADKOM) tavsiyasiga asosan qabul qilindi.
Istanbul xalqaro aeroporti mas’ullari ertangi reyslarda yana oʻzgarishlar boʻlishi mumkinligini bildirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan uchta aviakompaniyaga Permdan Oʻzbekiston shaharlariga parvoz qilishga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edi.