Ispaniya Iste’molchilar ishlari vazirligi beshta aviakompaniyani noqonuniy va nomutanosib yoʻlovchi toʻlovlari uchun 179 million yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Arzon aviakompaniyalar (loukoster) aviakompaniyalar yoʻlovchilardan salonda qoʻl yukini olib yurish, chipta va bortga chiqish talonini chop etish uchun pul toʻlashni talab qildi va qoʻshni oʻrindiqlarni tanlash uchun (shu jumladan, bolalar va hamrohlik qiluvchilar uchun) qoʻshimcha toʻlov joriy etdi. Bundan tashqari, kompaniyalar aeroportlarda naqd toʻlovlarni taqiqlab, chiptalar narxi haqida toʻliq ma’lumot bermagan.
Hukumat aviakompaniyalarning harakatlarini suiiste’mollik va iste’molchilar huquqlarini buzish deb topdi. Loukoster aviakompaniyalar olgan imtiyozlar «juda jiddiy» deb baholandi. Bu jarima miqdoriga ta’sir qildi.
Eng katta jarima Ryanairga qoʻllanilib, kompaniya deyarli 108 million yevro toʻlaydi. Vueling va Easyjet mos ravishda 39 va 29 million yevro. Norgewian hamda Volotea 1,6 va 1,2 million yevro miqdorida kichikroq jarimaga tortildi. Bundan tashqari, loukoster aviakompaniyalar yoʻlovchilardan noqonuniy yigʻimlarni zudlik bilan bekor qilishga majbur boʻldi.
«Hech qanday kompaniya, qanchalik katta yoki kuchli boʻlmasin, qonundan ustun emas», – dedi Ispaniya iste’molchilar vaziri Pablo Bustinduy.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Permdan Toshkent va Samarqandga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyilishi haqida yozgan edi.