Yangiliklar

Qirgʻizistonda elektron sigaretani taqiqlovchi qonun imzolandi

Bu haqda mamlakat prezidentining matbuot xizmat xabar berdi
Foto: guys_who_shoot / depositphotos.com

Qirgʻiziston prezident Sadir Japarov 2025-yil 1-iyuldan boshlab, mamlakatga elektron sigaretalar importi, aylanmasi va foydalanishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda mamlakat prezidentining matbuot xizmat xabar berdi.

Qonunda ta’kidlanishicha, mazkur hujjat fuqarolarning salomatligini himoya qilish va yosh avlodni tamaki mahsulotlarining salbiy oqibatlaridan saqlashga qaratilgan.

Elektron sigaretalarni chekkanlik uchun jismoniy shaxslar 10 ming som ($115), yuridik shaxslar esa 60 ming som ($693) miqdorida jarimaga tortiladi. Sotganlik uchun jarima 20 ming som ($231), yuridik shaxslar uchun esa 65 ming som ($751) miqdorida belgilandi.

Shuningdek, elektron sigaretalarni noqonuniy import qilish jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi belgilab berildi. Bunda jazo sifatida ikki oydan bir yilgacha majburiy ishlarga jalb qilish yoki 100 – 120 ming som ($1156 – 1387) miqdorida jarima belgilanishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan JSST aromatik elektron sigaretni taqiqlashni taklif qilgani haqida xabar bergan edi.