Qirgʻizistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekiston hududlarida sezildi

eʼlon qilindi
Magnituda М=5,3 ga teng boʻldi
Foto: gmac84 / www.depositphotos.com

Bugun, 23-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 13:33 da (Grinvich boʻyicha 08:33 da) Qirgʻizistonda zilzila sodir boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Zilzila koordinatalari: 39,5 gradus shimoliy kenglik; 71,74 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=5,3 ga teng boʻldi. Zilzila episentri Toshkentdan 290 km janubiy-sharqda joylashdi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Fargʻona viloyatida 2-3 ball, 98 km;

Andijon viloyatida 2 ball, 151 km;

Namangan viloyatida 2 ball, 167 km;

Toshkent shahrida 2 ball, 290 km.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Navoiy viloyatida zilzila qayd etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek