Bugun, 23-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:33 da (Grinvich boʻyicha soat 08:33 da) Qirgʻizistonda zilzila sodir boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Zilzila koordinatalari: 39,5 gradus shimoliy kenglik; 71,74 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=5,3 ga teng boʻldi. Zilzila episentri Toshkentdan 290 km janubiy-sharqda joylashdi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Fargʻona viloyatida 2-3 ball, 98 km;
Andijon viloyatida 2 ball, 151 km;
Namangan viloyatida 2 ball, 167 km;
Toshkent shahrida 2 ball, 290 km.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Navoiy viloyatida zilzila qayd etilgani haqida xabar bergan edi.