Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi bogʻga koʻchat ekdi – foto

«Yashil makon» umummilliy loyihasi uch yil avval davlat rahbari tashabbusi bilan boshlangan
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-noyabr kuni «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Bektemir tumanida yangi bogʻ barpo etilishida qatnashib, koʻchat ekdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Yashil makon» loyihasi uch yil avval davlat rahbari tashabbusi bilan boshlangach har yili daraxt koʻchatlari ekish an’anaga aylandi. Bu yilgi loyihada 100 gektar yer ajratilib, ikki yil davomida 100 ming tup daraxt va buta koʻchatlari ekilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, koʻchatlarni parvarishlash uchun 3 ta sun’iy suv havzasi va 12 ta quduq qurilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ushbu tadbirni videoaloqa orqali viloyatlar jamoatchiligi ham kuzatdi va aynan shu mavsumda «Yashil makon» loyihasi doirasida 80 million tup daraxt koʻchatlari ekish rejalashtirilgan. Oʻtgan bahorda esa 138 million dona koʻchat ekilgan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Soʻnggi uch yil davomida mamlakatimizda jami 646 million tup koʻchat va butalar ekilgan. Orolboʻyida yashil qoplama 2 million gektardan oshgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident 2025-yilni «Atrof-muhitni asrash va „yashil» iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif etgani haqida xabar bergan edi.