Lifestyle

Yaponiyada odamlar uchun moʻljallangan «kir yuvish mashinasi» ishlab chiqildi

Qurilma sun’iy intellektga asoslangan
Foto: kazuhito Suwa

Yaponiyaning dush uskunalarini ishlab chiqaradigan Science kompaniyasi odamlar uchun moʻljallangan kir yuvish mashinasiga oʻxshash aqlli dush kabinasini ishlab chiqdi. Bu haqda techcrunch portali xabar berdi.

Sun’iy intellektga asoslangan mazkur hammom qurilmasi 2022-yilda jamoatchilikka tanishtirilgan. Qurilma kapsulaning oʻrtasida oʻtirgan foydalanuvchini havo pufakchalari va kuchli suv oqimi yordamida yuvadi. Choʻmilish jarayonida sun’iy intellekt tasalli beruvchi videolarni tanlab, foydalanuvchiga taqdim etadi. Yuvinish jarayoni tugagach esa qurilma odamni quritadi.

Foto: kazuhito Suwa

Bunday innovatsion vanna tizimi birinchi marta 1970-yilda Yaponiya Jahon koʻrgazmasida namoyish etilgan mashhur mashinaning modernizatsiya qilingan versiyasidir.

Ayni paytda bu maxsus qurilma sotuvga chiqmasligi mumkin. Hozirgi kunda kompaniya uni faqat Osaka Expo 2025 koʻrgazmasida namoyish qilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Neuralink miya chiplari birinchi marta AQShdan tashqarida sinovdan oʻtkazilishi haqida xabar bergan edi.