Yangiliklar

Andijonda elektro skuter ishlab chiqarish zavodi qurilishi boshlandi

Va rangli metall konstruksiyalar ishlab chiqarish zavodi
Foto: Andijon viloyati hokimi

Andijon viloyatida «Ipak yo‘li» erkin iqtisodiy zonasi hududida elektr skuterlar ishlab chiqarish zavodi qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov Telegram kanali xabar berdi.

Loyiha qiymati $10 millionni tashkil etib, yiliga 2 mln dona skuter ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Mahsulotning $5 millionlik qismi eksport qilinadi. Zavodda 300 ish o‘rni yaratiladi, loyiha 2025-yilga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, hududda rangli metall konstruksiyalar ishlab chiqarish zavodi qurilishi ham boshlandi. Ushbu loyiha $200 mln qiymatga ega bo‘lib, yiliga 45 ming tonna mahsulot ishlab chiqariladi va $18 millionlik eksport amalga oshiriladi. Zavodda 400 ish o‘rni yaratiladi, loyiha 2026-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijon viloyatida $3,1 milliard investitsiya jalb qilinishi haqida yozgan edi.